Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zkosmos» sun’iy yo‘ldoshini «SpaceX» raketasida uchirmoqchi

«O‘zkosmos» sun’iy yo‘ldoshini «SpaceX» raketasida uchirmoqchi

O‘zbekistonlik yosh muhandislar tomonidan Kyushu texnologiya institutida (Yaponiya) o‘qish davomida yig‘ilishi rejalashtirilgan ilmiy texnologik sun’iy yo‘ldoshi AQShning «SpaceX» kompaniyasi raketasida uchirilishi mumkin.

Ushbu masala ayni kunlarda kosmik texnologiyalardan foydalanish va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida AQShda bo‘lib turgan «O‘zbekkosmos» agentligi delegatsiyasining «SpaceX» kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida muhokama qilingan.

Shu bilan birga, delegatsiya AQSh tomoni bilan O‘zbekistoning «Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar – 2035» strategiyasi bo‘yicha ham fikr almashgan. «SpaceX» kompaniyasi vakillari hujjatning dastlabki loyihasi tayyor bo‘lgandan so‘ng fikr va mulohazalarini taqdim etishga tayyorligini bildirishgan.

Bundan tashqari, delegatsiya a’zolari «SpaceX» kompaniyasining «Falcon 9» tashuvchi raketasini ishlab chiqarish jarayonlari va quvvatlari bilan yaqindan tanishishdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring