Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zkimyosanoat» AJ tizimida «Ko‘kalamzorlashtirish oyligi» e’lon qilindi

«O‘zkimyosanoat» AJ tizimida «Ko‘kalamzorlashtirish oyligi» e’lon qilindi

«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona va tashkilotlar hamda ularga tutash hududlarda «Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas’ulmiz!» shiori ostida ko‘kalamzorlashtirish loyihasini tashkil etish belgilandi.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad korxona-tashkilotlar joylashgan hudud ekologik holatini yanada yaxshilashga ko‘maklashish hamda atrof-muhitni manzarali daraxtlar bilan boyitish hisoblanadi. Loyiha doirasida «O‘zkimyosanoat» AJ tizimidagi tarmoq korxona va tashkilotlar tomonidan daraxt va manzarali ko‘chatlar ekish belgilangan.

2020 yil «Ko‘kalamzorlashtirish oyligi» davomida birinchi marta o‘tkazilgan loyiha doirasida jamiyat tizimidagi korxona-tashkilotlar tomonidan 62500 dona manzarali daraxtlar, 1200ga yaqin mevali daraxtlar va 81000dan ortiq manzarali ko‘chatlar hamda gullar ekildi.

Navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri joriy yilning 26 mart kuni Jizzax viloyati, Jizzax shahri joylashgan «Jizzax plastmassa» AJ da o‘tkazildi. 1972 yilda ishga tushirilgan ushbu korxona asosan plastmassa maxsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Xozirgi kunda «Jizzax plastmassa» AJda va jamiyat negizida tashkil etilgan korxonalarda 220 dan ortiq ishchi xodimlar faoliyat yuritib ularning 35-40 foizini yoshlar tashkil qiladi.

Loyiha davomida korxona tomonidan 550 dona daraxt va 600ga yaqin manzarali ko‘chatlar hamda gullar ekildi. Tadbirda korxona tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar, yoshlar, «O‘zkimyosanoat» AJ rahbariyati va mas’ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositasi vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zkimyosanoat» AJ tarmoq korxonalarida 2020-2022 yillarda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi bilan kelishildi.

Unga ko‘ra, tarmoq korxonalarida atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbaalaridan namunalar olish va tahlil qilish, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar avtomatik kuzatish postlari bilan bosqichma-bosqich jihozlash, suv tozalash inshootlarini va texnologik jarayonlarni rekonstruksiya xamda modernizatsiya qilish ishlarini olib borish natijasida atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli tashlanmalar, suyuq va qattiq chiqindilarni 20% kamaytirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, «O‘zkimyosanoat» AJ tomonidan yuqorida sanab o‘tilgan amaliy ishlar bilan bir qatorda kelajak avlodga ekologik jihatdan sof tabiatni qoldirish, atrof-muhit himoyachisi bo‘lgan yashil hududlarni yanada kengaytirishga qaratilgan mart oyi davomida o‘tkaziladigan «Atrof-muhit himoyasiga barchamiz mas’ulmiz!» shiori ostida ko‘kalamzorlashtirish loyihasi ham amalga oshirilmoqda.

Dunyo miqyosida kuzatilayotgan global isish sabablaridan biri tropik o‘rmonlarni yo‘q qilish orqali yaratilgan ortiqcha issiqxona gazlari hisoblanadi. Karbonat angidrid esa (CO2) asosiy issiqxona gazlaridan sanalanadi. Daraxtlar fotosintez jarayonida ushbu zararli CO2ni kislorod aylantiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir yil davomida 4047 kv. m. hududga ekilgan katta daraxtlar 42000 km masofani bosib o‘tgan avtomobil tomonidan hosil bo‘ladigan CO2 miqdorini zararsizlantiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring