«O‘zgidromet» yaqin kunlar uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Kelayotgan yangi ish haftasi ham quruq va biroz issiq o‘tishi kutilmoqda.
Dushanba kuni respulika shimoli, Buxoro va Navoiy viloyatlarida biroz bulut, ayrim hududlarda kam miqdorda yomg‘ir yog‘ib o‘tishi ma’lum qilinmoqda. Boshqa kunlari respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kunduz kunlari +35 +37 daraja (janubda +40 darajagacha) issiq bo‘lishi, tunlari salqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Xususan, shimolda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 22 avgustda 30-35°, 23-24-avgustda 33-38° bo‘ladi.
Janubda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter