Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida joriy mavsumda 20 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekildi

«O‘zbekneftgaz»: «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida joriy mavsumda 20 ming tup daraxt va buta ko‘chatlari ekildi

Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

O‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Yashil makon» umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surilgan edi.

Ushbu loyiha doirasida yiliga millionlab daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali hududlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.

Davlat rahbari raisligida joriy yilning 11-oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida yil yakuniga qadar 75 million tup  va 2023-yil bahor faslida yana 125 million tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekish yuzasidan topshiriqlar berildi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash, qolaversa, daraxt ekish bo‘yicha «Dolzarb  40 kunlik» tadbirni amalga oshirish maqsadida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘i bilan tizimdagi korxonalarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.   

«O‘zbekneftgaz» AJ tizimida joriy yilning 10 dekabriga qadar daraxt ekish bo‘yicha «Dolzarb 40 kunlik» e’lon qilingan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, daraxt ko‘chatlari hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olinmoqda. Bu borada Fanlar Akademiyasi tavsiyasi bilan suvsizlik va kasallikka chidamli gujum, qayrag‘och, katalpa, akatsiya, zarang, shumtol, tut, jiyda, yong‘oq, terak kabi daraxt novdalari ekilishi belgilangan.

Joriy yilning 20-oktyabidan boshlab, to shu kunga qadar tizimdagi boshqarma va korxonalar tomonidan jami  15 633 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Jumladan:

  • Muborak gazni qayta ishlash zavodida – 2973 tup;
  • Buxoro neftni qayta ishlash zavodida – 2026 tup;
  • Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida – 2015 tup;
  • «UNG Petro» MChJ – 1629 tup;
  • «Maxsusenergogaz» AJ – 610 tup;
  • Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida – 615 tup;
  • «Maroqand neft bazasi» MChJ – 280 tup;
  • «Navoiy neft bazasi» MChJ – 238 tup;
  • «Taxiatosh neft bazasi» MChJ - 217 tup ko‘chat o‘tqazildi.

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan umummilliy loyihada jamiyat xodimlari birdek faol ishtirok etmoqda. Bu tashabbuslari bilan mamlakatimiz atrof-muhit va atmosfera havosining musaffoligini saqlanishiga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.      

Ekilgan daraxtlarni sug‘orish va parvarish ishlarini olib borilishi ham alohida  nazoratga olingan. Daraxtlar agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

O‘tgan mavsumda mazkur loyiha doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tashabbusi bilan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va «Uzbekistan GTL» zavodi hududida 120 gektar maydonda bog‘ barpo etildi. Mazkur agro uchastkaga 72 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan edi. Ushbu bog‘ni parvarishlash, muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida «Sho‘rtan yashil makon» MChJ tashkil etildi. Korxona tomonidan shu kunga qadar yana 20 gektar yer maydonida «Shangtong» navli pavlovniya ekildi. 100 ming tup uzum qalamchalari ekilib, parvarishlanmoqda.  Kelgusida dorivor o‘simliklarning yetishtirish orqali parfyumeriya va farmatsevtika uchun xom ashyo mahsulotlari yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda «Yashil makon» loyiha doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan jami reja bo‘yicha 191 110 tup ekilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, amalda esa 198 703 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan.

Bundan tashqari, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi hamda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida suvdan oqilona foydalanish maqsadida 34 500 p/m tomchilatib sug‘orish tizimlari o‘rnatildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring