Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Birja savdolari orqali 14 dekabr kuni 4 750 tonna AI-80 avtobenzin sotuvga qo‘yildi

«O‘zbekneftgaz»: Birja savdolari orqali 14 dekabr kuni 4 750 tonna AI-80 avtobenzin sotuvga qo‘yildi

2022-yil 13-dekabr kuni 3,0 ming tonna avtobenzin,  shu jumladan 2,8 ming tonna AI-80 markali avtobenzin ishlab chiqarildi.

Iste’molchilar talablari o‘rganilib, ehtiyojni qondirish maqsadida aynan 13-dekabr kuni 37 425 tonna AI-80 avtobenzin birja savdolariga qo‘yildi va to‘liq sotildi. Bunda, har bir tonna mahsulot uchun yagona narx 6 295 ming so‘mdan shakllandi (4 721 so‘m/litr).

Bugun, 14-dekabr kuni esa birja savdolari orqali 4 750 tonna AI-80 avtobenzin sotilishi rejalashtirildi.

Iste’molchilar tomonidan xarid qilingan miqdorlarni neft bazalar tomonidan o‘z vaqtida yetkazib berish uchun Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI-80 rusumli avtobenzinni uzluksiz yuklab berilishi ta’minlanmoqda.

2022-yil 13-dekabr kuni tasarrufdagi neft bazalari orqali iste’molchilarga jami 4 212 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi. 2022-yil 14-dekabr holatiga tasarrufdagi neft bazalar, neftni qayta ishlash zavodlari va «UNG Petro» MChJda 22,8 ming tonna avtobenzin qoldiqlari mavjud.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi topshirig‘iga asosan, AYoQShlarda avtotransport vositalariga navbat bilan mahsulot qo‘yish, ularga belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatish, mahsulotlarni nostandart idishlarga qo‘ymaslik, ta’minotda uzilishilarga yo‘l qo‘ymaslik, xaridorlar bilan muloqotda odob va ahloq qoidalariga amal qilish qat’iy nazorat qilinmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring