«O‘zbekneftgaz»: Avariyaviy holatda to‘xtagan Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi qarashli qurilmalar ishga tushirildi
Avval ma’lum qilganimizdek, «O‘zbekneftgaz» AJ ishlab chiqarish ob’yektlarini ta’minlab turgan «ShGKM 220/110/6 kV» podstansiyasidan chiquvchi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJga tegishli «Kimyo-1» 110 kV havo liniyasida elektr energiyaning qisqa muddatli o‘chishi sodir bo‘lgan edi.
Buning natijasida, avariyaviy holatda to‘xtagan Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi qarashli siquv kompressor stansiyalari 9 ta gaz haydash agregatlari va Propan butan aralashmasini ajratib olish qurilmasi avariyaviy holatda to‘xtagani navbatma-navbat qisqa muddatda ishga tushirildi.
Hozirda boshqarma konlarini barqarorligi ta’minlandi shu bilan birga «O‘ztransgaz» AJ magistral gaz quvurlariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmlari xam tiklandi.
Ushbu agregatlarni ishga tushirish reglament bo‘yicha 1 sutka vaqt talab qilishi belgilangan bo‘lsa-da, avariyaviy holat tezkorlik bilan ishlar amalga oshirilishi natijasida 9 soat vaqt ichida to‘liq bartaraf qilishga erishilidi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter