Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning San-Marinodagi ilk elchisi mamlakat rahbarlariga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning San-Marinodagi ilk elchisi mamlakat rahbarlariga ishonch yorliqlarini topshirdi

Bugun, 26-mart kuni O‘zbekistonning San-Marinoga tayinlangan birinchi elchisi Abat Fayzullayev Rimda mazkur davlat rahbarlari – Kapitan-regentlar Francheska Chiverkya va Dalibor Rikkardiga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Marosimda San-Marino tashqi ishlar vaziri Luka Bekkari so‘zga chiqib akkreditatsiyadan o‘tgan elchini tabrikladi. Bekkari nutqi davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarda, shuningdek, mamlakatdagi ilk elchining tayinlanishida O‘zbekiston rahbarining tashabbusini yuqori baholadi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston va San-Marino o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 2021-yil 3-fevralda o‘rnatilgan.

San-Marinodagi O‘zbekistonning birinchi elchisi Abat Fayzullayev 2023-yil noyabr oyidan buyon O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi va Rimdagi xalqaro tashkilotlar (FAO, QXRXJ, BOOD) huzuridagi doimiy vakili hamda 2024-yil dekabr oyidan boshlab O‘zbekistonning Kiprdagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring