Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Jiddadagi bosh konsuli o‘zgardi

O‘zbekistonning Jiddadagi bosh konsuli o‘zgardi

O‘zbekistonning Jiddadagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda bo‘limi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi.

«Dunyo» AA bergan xabarda muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgani aytiladi.

Saudiya tomoni yangi tayinlangan bosh konsulga ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va konsullik-huquqiy sohalarda o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi faoliyatiga har tomonlama amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Sirojiddin Shamsutdinov shu kunga qadar O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ishlagan. Diplomat 2017-2021 yillarda ham O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsuli vazifasida faoliyat olib borgan. U Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tamomlagan.

Ma’lumot uchun shu kunga qadar O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasini Nodirjon Turg‘unov boshqarib kelayotgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring