Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari YeK prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari YeK prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari G‘ayrat Fozilov Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan birinchi "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammiti yakunlarini yuksak baholadi.

Yevrokomissiya rahbari YeIning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish tarafdori ekanini tasdiqladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring