Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning eng mashhur yosh rahbarlari reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonning eng mashhur yosh rahbarlari reytingi e’lon qilindi

«Yuksalish» harakati tomonidan O‘zbekistondagi yosh rahbarlarning yillik Top-40 reytingi e’lon qilindi.

2019-yildan buyon O‘zbekistonning 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbar kadrlari reytingi e’lon qilinmoqda.

O‘tgan vaqt mobaynida reytingga 100 nafarga yaqin davlat xizmatchisi kiritildi. E’tiborlisi, ularning 15 foizi vazir va vazir o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarildi, kamida 10 foizi Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritmoqda, 50 foizga yaqini mansab pillapoyalarida sezilarli o‘sishga erishgan.

Ro‘yxatdan Saida Mirziyoyeva, Komil Allamjonov, Hilola Umarova, Alisher Sa’dullayev kabi taniqli shaxslar bor. 

Bu yilgi reytingga nafaqat davlat xizmatchilari, balki nodavlat sektor vakillari ham kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring