Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi

O‘zbekistonning Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi

O‘zbekistonning Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksi qabul qilinadi. Bu borada tegishli qonun loyihasi e’lon qilindi.

Loyihani qabul qilishdan maqsad O‘zbekistonning Aholi sog‘lig‘ini saqlash kodeksini tasdiqlash orqali cog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish rejalashtirilyapti.

Loyiha umumiy va maxsus qism, 21 bob va 199 ta moddadan iborat bo‘lib, undagi asosiy qoidalar quyidagilardan iborat:

  • sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, idoralararo hamkorlik qilish;
  • sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil qilish;
  • farmatsevtika faoliyati;
  • sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish;
  • sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyatni tartibga solish;
  • majburiy tibbiy sug‘urtalashning huquqiy asoslari, mexanizmlarini joriy etish va boshqalar.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasidagi munosabatlar 76 ta qonun va 400 dan ortiq qonunosti hujjati bilan tartibga solinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring