Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklarning xorijga eng ko‘p qanday maqsadlarda chiqqani aytildi

O‘zbekistonliklarning xorijga eng ko‘p qanday maqsadlarda chiqqani aytildi

2025 yilning yanvar oyida jami 551,3 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 82,9 ming nafarga yoki 17,7 foizga oshgan. 

Joriy yilning yanvar oyida chet elga borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

  • qarindoshlarni yo‘qlash - 425 839 nafar;
  • sayyohlik - 117 199 nafar;
  • davolanish - 4 206 nafar;
  • o‘qish - 2 975 nafar;
  • xizmat yuzasidan - 1 060 nafar.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring