O‘zbekistonliklar yil boshidan beri «chiroyli» avtoraqamlarga qancha mablag‘ ishlatgani ma’lum
Yil boshidan beri hamyurtlarimiz «chiroyli» avtoraqamlarni harid qilish bo‘yicha 2018-yil natijalariga yaqinlashishgan.
2019-yilning dastlabki to‘qqiz oyida sotilgan avtoraqamlar budjet hisobiga 113,2 milliard sumni olib kelgan. Bu haqida Respublika tovar-xom ashyo birjasi ma’lumot bermoqda.
Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 4,1 million bo‘lib, umumiy hisobda 26 820 ta avtomobil raqamlari ro‘yxatga olingan.
Ma’lumot o‘rnida, shu turdagi «chiroyli» avtoraqamlarni auksion tartibida sotish 2017 yilning sentyabr oyida yo‘lga qo‘yilgandi. 2017 yil yakunlariga ko‘ra mablag‘lar 27,6 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda esa ko‘rsatkichlar 121,7 milliard so‘mga teng bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter