Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar bugun elektr energiyasini iste’mol qilish bo‘yicha kunlik rekordni yangilaydi

O‘zbekistonliklar bugun elektr energiyasini iste’mol qilish bo‘yicha kunlik rekordni yangilaydi

Mamlakatda kuzatilayotgan issiq ob-havo ta’sirida O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli hajmi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar yangilanmoqda.

Energetika vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, rekor kecha (13-iyun kuni)ning o‘zidayoq yangilangan.

Ya’ni O‘zbekistonda 13-iyun kuni holatiga jami 231,7 mln kVt/soat elektr energiyasi sarflangan. Bu o‘tgan yilning xudi shu kuniga nisbatan 14,7 foizga (202 mln kVt/soat bo‘lgan) ko‘p deganidir.

Shuningdek, bugun, 14-iyun kuni uchun ham rekord yana yangilanishi kutilyapti (kunlik iste’mol 238-239 mln kVt/soatga yetishi kutilyapti. 2022 yilning mos davrida 30 mln kVt/soat bo‘lgan).

Jumladan, bugun soat 11:00 ga qadar soatlik ehtiyoj hajmi 11 080 MVtni tashkil qilgan (o‘tgan yilning mos davrida 1600 MVt bo‘lgan). Qayd etilishicha, bu quvvat deyarli to‘rtta bug‘-gaz qurilmasining yoki ikkita “To‘raqo‘rg‘on” IESning quvvatiga teng.

“2022-yilning iyul oyida yuz bergan eng anomal issiq haroratli davrda ham maksimal yuklama 10 800 MVtdan, sutkalik maksimal iste’mol hajmi esa 238,2 mln kVt/soatdan oshmagan edi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Vazirlikka ko‘ra, hududlar kesimida elektr energiyasining yuqori iste’moli Toshkent shahrida kuzatilyapti. Masalan, 2021-yilning 13-iyun sanasida poytaxt aholisi 7,6 mln kVt/soat tok ishlatgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-yilning xuddi shu kunida 17,08 mln kVt/soatni, bu yil esa 26,4 mln kVt/soatni tashkil qilgan.

Vazirlik, shuningdek, hududlarda ta’mirlash ishlariga qaramay barcha elektr stansiyalari tomonidan yetarli miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarilayotganini, bundan tashqari esa kelishuvlarga asosan elektr energiyasi importi ham ichki iste’molga yo‘naltirilayotganini bildirgan.

“Havo haroratining ko‘tarilishi elektr energiyasiga bo‘lgan talabni oshirayotganidan tashqari issiq harorat elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini ham 20 foiz tushirib, tizimda yo‘qotishlarni hosil qiladi”, – deyiladi vazirlik munosabatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring