O‘zbekiston FVV xodimlari yana 2 nafar insonni qutqarishdi
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan Turkiyaning Hatay viloyatida zilzila oqibatlarini bartaraf etish vaqtida vayronalar ostidan yana 2 nafar jabrlangan inson olib chiqildi.
Bundan tashqari, so‘nggi bir necha soat ichida O‘zbekiston FVV xodimlari xarobalar ostidan 18 nafar hayotdan ko‘z yumgan insonni chiqardi.
Turkiyadagi qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon o‘zbekistonlik qutqaruvchilar vayronalar ostidan jami 11 nafar jabrlangan va 33 nafar halok bo‘lgan kishilarni olib chiqishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter