O‘zbekistonlik futbolchi Yevropaga yo‘l oldi
«Lokomotiv» klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidov faoliyatini Yevropada davom ettiradi. Bu haqda «Lokomotiv» klubi matbuot xizmati xabar berdi.
27 yoshli futbolchi Portugaliyaning «Nasonal» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Ma’lumot o‘rnida, Sardor Rashidov faoliyatida «Bunyodkor», Qatarning «Al-Jayish», BAAning «Al-Jazira» klublarida ham o‘ynagan. O‘zbekiston terma jamoasi safida 46ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan.
«Nasonal» klubi Portugaliya chempionatining 17 turidan so‘ng, 19 ochko bilan 18ta jamoa ichida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter