O‘zbekistonlik ayol Turkiyada o‘zini 10-qavatdan tashlab vafot etdi

Izmirning Qarshiyaka tumanida o‘zbek millatiga mansub ayol 10-qavatdan sakrab o‘z joniga qasd qildi.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, hodisa 2-yanvar kuni soat 14:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Mubinabonu B. (ayol) psixologik muammolarga duch kelgan va o‘zini Qarshiyaka tumanidagi binoning o‘ninchi qavatidan tashlagan.
Voqeaga guvoh bo‘lganlar tez yordam va politsiyani chaqirgan. Hodisa joyiga yetib kelgan tibbiyot hodimlarining birinchi yordam ko‘rsatib, ayolni Bakirchay universitetining Chig‘li o‘quv va tadqiqot shifoxonasiga yotqizgan. Ammo og‘ir ahvolda bo‘lgan Mubinabonu B. ko‘rilgan choralarga qaramay vafot etgan.
Ushbu hodisa yuzasidan tergov boshlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter