O‘zbekistonlik 10 yoshli qiz Ispaniyadagi xalqaro tanlovda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 10-13 iyul kunlari Ispaniyaning Loret de Mar shahrida yosh musiqachilar o‘rtasida «Sea sun festival» xalqaro tanlovida Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 15-maktabning 5-sinf o‘quvchisi Charos Absoatova muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medal sohibasi bo‘ldi.
10 yoshli o‘quvchi qiz yigirmadan ortiq davlatdan kelgan iqtidorli yosh musiqachilar o‘rtasida o‘zbek milliy cholg‘u san’atini mohirlik bilan namoyish etdi. «Dutor» yo‘nalishi bo‘yicha o‘zbek milliy kuylaridan «Rohat» va «Lazgi» popuri kuylarini ijro etdi.
Charos dutor chalish sirlarini ustozi, Xalq ta’limi a’lochisi Muhabbat Shodiyevadan o‘rganish uchun Termiz shahridan Sherobodga qatnaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter