SSV:O‘zbekistonga yangi vaksina keltirildi
![SSV:O‘zbekistonga yangi vaksina keltirildi](https://static.xabaruz.com/crop/5/7/720_460_95_578394819.jpg)
Bugun tunda yurtimizga Sinovac vaksinasining 864 000 dozalik partiyasi olib kelindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shunday qilib, yurtimizda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 31 283 538 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
- 1 594 480 dozasi AstraZeneca,
- 23 177 998 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 720 500 dozasi «Sputnik V»,
- 3 000 060 dozasi Moderna,
- 1 726 500 dozasi Pfizer/BioNTech,
- 1 064 000 dozasi Sinovac vaksinasidir.
Shundan 24 300 975 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter