O‘zbekistonga OneWeb sun’iy yo‘ldoshli aloqa kompaniyasi jalb qilinmoqda
Markaziy Yevroosiyodagi birinchi «Space Technology Conference STC-2022» konferensiyasi doirasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi va Britaniyaning OneWeb kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Memorandumda O‘zbekiston Respublikasi bozoriga kirish bo‘yicha OneWeb kompaniyasining geostatsionar bo‘lmagan sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimi xizmatlari bilan bog‘liq bir qator tadbirlar, shu jumladan, tartibga solish masalalarini muhokama qilish va OneWeb sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalanish uchun davlatning asosiy ehtiyojlarini aniqlash ko‘zda tutilgan.
Memorandum doirasida «O‘zbekkosmos» agentligi va OneWeb kompaniyasi innovatsion past orbital sun’iy yo‘ldosh telekommunikatsiya tizimidan foydalanish masalalari bo‘yicha ekspertiza markazini tashkil etishga kelishib oldilar.
Tomonlar chekka hududlar va borish qiyin bo‘lgan qishloq aholi punktlarini, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarni OneWeb aloqa sun’iy yo‘ldoshlari orqali yuqori tezlikdagi keng polosali Internet bilan ta’minlashni amalga oshirish uchun zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter