Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga oltinchi turdagi vaksina keltirilmoqda

O‘zbekistonga oltinchi turdagi vaksina keltirilmoqda

Bunga O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida grant yordamiga oid imzolangan bitim asos bo‘ldi, deyiladi SSV xabarida.

Kelishuvga ko‘ra, Turkiya O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi 200 ming doza Xitoyda ishlab chiqariluvchi «Sinovak» vaksinasi, shuningdek, 20 ming quti «Favipiravir» dori preparatlarini do‘stlik va xayrixohlik belgisi sifatida yuboradi.

«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra,  bitimni O‘zbekiston Respublikasi nomidan  mamlakatimizning Turkiyadagi elchisi Alisher A’zamxo‘jayev, qardosh davlat nomidan esa sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Xalil Eldemir imzoladi.

Mamlakatimizda hozirda 5 ta turdagi: 

  • AstraZeneca,
  • ZF-UZ-VAC2001,
  • Sputnik V,
  • Moderna,
  • Pfizer/BioNTech vaksinalaridan foydalanilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha yurtimizda emlash jarayonlarida 22 433 729  doza vaksina qo‘llanilgan bo‘lib, 5,1 million nafardan ortiq aholi virusga qarshi to‘liq emlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring