O‘zbekistonga chetdan telefon importi keskin ortdi
2021-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 173,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,6 mln. dona mobil telefon import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln. donaga oshgan.
O‘zbekiston 15 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 88 mln.
- Vetnam – 68 mln.
- Hindiston – 10 mln.
- Qozog‘iston – 5,3 mln.
- BAA – 1,6 mln.
- Germaniya – 647 ming
- Rossiya – 175,8 ming AQSh dollari
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter