O‘zbekistondagi korxonalarga kapital kiritish bo‘yicha yetakchi davlatlar ma’lum bo‘ldi
Rossiya va Xitoy O‘zbekistonda o‘z kapitali ishtirokida korxona ochish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 226 tani tashkil etgan.
Shundan, 4 576 tasi qo‘shma korxonalar va 9 650 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.
Xorijiy kapital ishtirokida eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
— Rossiya – 3 019 ta
— Xitoy – 2 501 ta
— Turkiya – 1 886 ta
— Qozog‘iston – 1 102 ta
— Janubiy Koreya – 727 ta
— AQSh – 311 ta
— Tojikiston – 307 ta
— Qirg‘iz R. – 280 ta
— Ozarbayjon – 236 ta
— Germaniya – 220 ta
— Turkmaniston – 187 ta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter