O‘zbekistondagi eng yaxshi va yomon milliy OTMlar e’lon qilindi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi e’lon qilindi.
Milliy reytingga kirgan 92 ta oliy ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligiga quyidagi 4 ta yo‘nalishdagi 20 ta indikator asosida baho berildi.
– ilmiy tadqiqot faoliyati va ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi;
– o‘quv-metodik ishlar faoliyati va o‘qitish sifati;
– talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati;
– sportni rivojlantirish.
Milliy reytingga ko‘ra, eng yuqori natija qayd etgan OTMlar:
– «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti;
– O‘zbekiston milliy universiteti;
– Toshkent moliya instituti;
– Samarqand davlat universiteti;
– Navoiy davlat konchilik instituti.
Eng quyi natija qayd etgan OTMlar:
– Termiz muhandislik texnologiya instituti;
– O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;
– Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti;
– Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti;
– Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter