O‘zbekistonda yangi aviakompaniya tashkil etiladi — «Silk avia»
Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda xorijiy va ichki sayyohlarning aviaqatnovlarga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi.
Jumladan:
- 1-iyuldan «Ziyorat turizmi» dasturi doirasida xorijiy aviakompaniyalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi;
- yil yakunigacha mahalliy aviaqatnovlar soni haftasiga 48 tadan 60 taga, tutashuvchi qatnovlar soni 4 tadan 6 taga yetkaziladi;
- 1-oktyabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga mo‘ljallangan yangi «Silk avia» aviakompaniyasi tashkil etiladi;
- aviatashish xarajatlarini kamaytirish maqsadida 9 ta samolyot to‘liq ekonom-klassga o‘tkaziladi (bunda tariflar 20 foizga arzonlashadi).
Turizm va Transport vazirliklariga bir oy muddatda turizm sohasida transport infratuzilmasini yaxshilash konsepsiyasini taqdimot qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha va hududlar rahbarlarining hisoboti eshitildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter