Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yangi jamg‘arma tashkil etiladi

O‘zbekistonda yangi jamg‘arma tashkil etiladi

Foto: «Pikabu»

Jamg‘arma mablag‘lari marksheyderlik ishlarini moliyalashtirishga hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltiriladi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. 

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllantiriladi: 

  • yer qa’ridan foydalanish sohasida belgilangan talablarni buzganlik uchun undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi miqdoridagi ajratmalar; 
  • yer qa’ri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha aniqlangan zarar summasining 20 foizi miqdoridagi ajratmalar; 
  • Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar. 

Jamg‘arma mablag‘lari Inspeksiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, qazib olingan foydali qazilmalarning haqqoniy hajmini aniqlash uchun bajariladigan marksheyderlik ishlarini moliyalashtirishga hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring