O‘zbekistonda Xalqaro olimpiada o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 2026 yilda ilk bora Xalqaro informatika olimpiadasi o‘tkaziladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
«O‘zbekiston delegatsiyasi 2026 yilda yurtimizda ushbu nufuzli olimpiadani o‘tkazish uchun arizani taqdimot qildi va Komissiya a’zolari IOI 2026 yilda O‘zbekistonda o‘tkazishni ma’qullaganini e’lon qildi.
Ushbu nufuzli olimpiadani ilk bor O‘zbekistonda 2026 yilda yuqori saviyada o‘tkazilishiga Raqamlashtirish vazirligi va IT-park Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan bir jamoa bo‘lib tayyorgarlik qilamiz nasib qilsa», deb yozdi vazir.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida ilk bor sovrindor bo‘lgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter