Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Turkiy dunyo yoshlarining ilmiy kongressini o‘tkazish taklif qilindi

O‘zbekistonda Turkiy dunyo yoshlarining ilmiy kongressini o‘tkazish taklif qilindi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari sammitida kelgusi yili O‘zbekistonda Turkiy dunyo yoshlarining ilm va innovatsiyalar xalqaro kongressini o‘tkazishni taklif qildi.

– O‘zbekiston taklifi bilan 2022-yil Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida «Yoshlar tashabbus-larini qo‘llab-quvvatlash yili», deb e’lon qilingan edi.

Uning doirasida Buxoro shahri – Turkiy dunyo yoshlar poytaxti maqomiga ega bo‘ldi. Yosh avlodni har tomonlama rag‘batlantirish, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida boshlagan xayrli ishlarimizni izchil davom ettirish niyatidamiz.

Kelgusi yili yurtimizda turkiy dunyo yoshlarining ilm va innovatsiyalar xalqaro kongressini o‘tkazishni taklif etaman, – dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston davlati rahbarining qayd etishicha, kongress doirasida innovatsiya va ta’lim vazirlari, oliygohlar rektorlari va yosh yetakchilar, iqtidorli o‘g‘il-qizlar hamda Tashkilot oqsoqollarining keng qamrovli uchrashuvlarini tashkil etish maqsadga muvofiq.

– Bu ishlarimizga tizimli tus berish va natijadorlikni ta’minlash maqsadida Tashkilot Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etish ayni muddao bo‘lar edi, – deydi Mirziyoyev o‘z nutqida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring