Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-yanvar kuni yurtimizda 1644 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu so‘nggi 4 yil ichida eng past ko‘rsatkich

1-yanvar kuni yurtimizda 1644 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu so‘nggi 4 yil ichida eng past ko‘rsatkich

2021-yilning 1-yanvar kuni, soat 18:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 1086 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, yangi yilning birinchi sutkasida 1644 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu oxirgi 4 yildagi eng kam ko‘rsatkich hisoblanadi. Ma’lumot uchun, 2018 yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda — 1708 nafar, 2020-yilda esa —1974 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.

2021-yilning 1-yanvar kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 810 nafari qiz, 834 nafari esa o‘g‘il bola bo‘lib:
- eng ko‘p bola Farg‘ona viloyatida (202 nafar),
- ikkinchi o‘rinda Qashqadaryo viloyati (196 nafar),
- uchinchi o‘rinda Samarqand va Namangan viloyatlarida (169 nafardan),
- to‘rtinchi o‘rinda Jizzax viloyatida (151 nafar chaqaloq) tug‘ildi.

Shuningdek, shu kuni tug‘ilish ko‘rsatkichi bo‘yicha:
5-o‘rinda Toshkent shahri (139 nafar),
6-o‘rinda Toshkent viloyati (126 nafar),
7-o‘rinda Surxondaryo viloyati (95 nafar),
8-o‘rinda Andijon va Buxoro viloyatlari (79 nafardan),
9-o‘rinda Xorazm viloyati (71 nafar),
10-o‘rinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (66 nafar),
11-o‘rinda Sirdaryo va Navoiy viloyatlari (51 nafardan).

Dunyoga kelgan bolalarning 9 nafarini egizaklar (jami 18 nafar chaqaloq) tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring