Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda suvdan qarzdorlik miqdori ma’lum qilindi

O‘zbekistonda suvdan qarzdorlik miqdori ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha suvdan qarzdorlik 674,1 mlrd. so‘mga yetdi. Shuning 555,8 mlrd. so‘mi aholi, 118,2 mlrd. so‘mi esa yuridik iste’molchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

«O‘zsuvta’minot» AJ mutasaddilari ishtirok etgan tadbirda qayd etilishicha, shu yilning birinchi choragida elektron to‘lov tizimlari orqali 39,3 mlrd. so‘m kelib tushdi, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga (22,8 mlrd. so‘m) nisbatan 72 foizga oshdi.

Bugungi kunda 2 444 nafar nazoratchi ishga qabul qilinib, ular 2 368 ta (97 foiz) terminal va 2 587 ta (106 foiz) termoprinter bilan ta’minlangan.

Joriy yil I choragida pul undiruvi 349 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga  nisbatan 122 mlrd. so‘m yoki 54 foizga oshdi. Hududiy korxonalar tomonidan 63,5 mlrd. so‘m qarzdorlik fuqarolik va iqtisodiy sudlarga taqdim qilingan.

Markazlashgan ichimlik suvi xizmatlari mavjud bo‘lgan 741 ta MFYdagi shartnomasiz ravishda ichimlik suvdan foydalanib kelayotgan 23343 ta iste’molchi (90932 aholi) aniqlandi va ular bilan «Suvta’minot» MChJlar shartnomalar rasmiylashtirishga hamda 7826 mln. so‘m undirilishiga erishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring