Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekistonda shanba va yakshanbani haqiqiy dam olish kuniga aylantirish kerak» — Alisher Qodirov

«O‘zbekistonda shanba va yakshanbani haqiqiy dam olish kuniga aylantirish kerak» — Alisher Qodirov

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, «Milliy tiklanish» DP MK raisi Alisher Qodirov mamlakatda xodimlarning yetarli dam olmasligi va stress darajasining yuqori ekanligini qayd etdi.

Islandiyada ishchilarning ish haqini kamaytirmagan holda, to‘rt kunlik ish haftaligiga o‘tkazish bo‘yicha tajribaning yakuniy natijalari e’lon qilinibdi.

Britaniyaning «Autonomy» ilmiy-tadqiqot markazi, Islandiyaning (Alda) barqaror rivojlanish va demokratiya assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda barcha ma’lumotlarni to‘plab, ushbu tajribani amalga oshiribdilar.

Bu tadqiqotda Islandiya mehnat bozorining 1 foizini tashkil etuvchi 2,5 mingga yaqin ishchilar ishtirok etibdi.

To‘rt kunlik ish haftasiga o‘tishda ish vaqti 40 soatdan, 35-36 soatgacha qisqartirilgan.

Tadqiqotchilar tajribadan so‘ng ishchilarning unumdorlik darajasi oshgani, turmush sifati sezilarli darajada yaxshilangani, stress va charchoq sezilarli kamayganini aytmoqdalar.

Avvalroq shunday tajriba Yaponiya va Yangi Zelandiyada ham huddi shunday natijalarga olib kelgan ekan.

O‘zbekistonda bu mavzuda nima deyish mumkin?

O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlarini haqiqiy dam olish kunlariga aylantirishga erishish kerak.

Tan olish kerak, mehnat unumdorligi, xodimning foydalilik darajasi yoki kreativ yechimlar topish masalasida, ayniqsa davlat xizmatida, yetarli muammolar bor.

Sabablardan biri sifatida xodimni yetarli dam olmasligi va stress darajasining yuqori ekanligini rad etib bo‘lmaydi!

Shuningdek, xodim nega ish vaqti tugaganidan keyin uyiga shoshilmasligini ham aniqlash kerak: xodim kunlik vazifani bajara olmaydimi yoki boshqaruv kundalik vazifani to‘g‘ri qo‘ymaydimi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi ustida ish olib borilayotganligi ayni muddao.

Bu masalalarga o‘zimizni aldamasdan yechim topishimiz kerak, – deya qayd etdi Alisher Qodirov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring