Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tuziladi

O‘zbekistonda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tuziladi

Senatning qirq uchinchi yalpi majlisida «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 43-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishga doir hujjat loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ushbu Qonun bilan yovvoyi hayvonlarni saqlashni tartibga solish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning ro‘yxatini, shuningdek mazkur ro‘yxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni yuridik shaxslar tomonidan saqlash tartibini belgilash Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklatilmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonunning qabul qilinishi yovvoyi hayvonlarni saqlash hamda ulardan turli maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq hollarda aholining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga, shuningdek vakolatli davlat organining ushbu yo‘nalishdagi javobgarligini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring