Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan qurilish kompaniyalari soni ochiqlandi

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan qurilish kompaniyalari soni ochiqlandi

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 1-mart holatiga qurilish sohasida 53 282 ta korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 5,9 foizga oshgan.

So‘nggi yillarda ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:

2020-yilda – 39 322 ta

2021-yilda – 44 320 ta

2022-yilda – 46 433 ta

2023-yilda – 50 324 ta

2024-yilda – 53 282 ta

2024-yil 1-mart holatiga qurilish sohasida soliq qarzi (100 mln so‘mdan yuqori) mavjud bo‘lgan korxonalar soni 973 ta bo‘lib, ularning jami soliq qarzi 735,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shundan 284,6 mlrd so‘mi, ya’ni  38,7 foizi  10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring