O‘zbekistonda renovatsiya dasturi joriy etiladi. Bu nima?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.
Murojaatnomada Prezidentimiz yirik megapolislarning bu boradagi tajribasini o‘rgangan holda, renovatsiya dasturini, ya’ni, foydalanish muddati tugab, eskirib qolgan ko‘p qavatli uylar o‘rnida bosqichma-bosqich eng zamonaviy sharoitga ega bo‘lgan yangi uylar qurish dasturini ishlab chiqish lozimligini aytdi.
Hukumat uch oy muddatda ko‘p qavatli uy-joy fondi to‘liq xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlashi kerak. Yirik megapolislarning bu boradagi tajribasini o‘rgangan holda, renovatsiya dasturini, ya’ni, foydalanish muddati tugab, eskirib qolgan ko‘p qavatli uylar o‘rnida bosqichma-bosqich eng zamonaviy sharoitga ega bo‘lgan yangi uylar qurish dasturini ishlab chiqish lozim.
«Renovatsiya — bu nima? Yaqinda Toshkentda shunday tajriba bo‘yicha loyihani ko‘rdik. Aholi uyi eski bo‘lsa-da, o‘z mahallasidan chetga chiqib ketishni istamaydi. Shuning uchun uning uyi yonidan ko‘pqavatli uy quramiz. Hamma sharoiti bor uyga shu mahallaning o‘zidagi aholi ko‘chib o‘tadi. Renovatsiya dasturi shunday amalga oshiriladi», dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter