Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun 2,5 mlrd dollar jalb qilinadi (video)

O‘zbekistonda Raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun 2,5 mlrd dollar jalb qilinadi (video)

Yaqin ikki yil ichida O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun 2,5 milliard dollar jalb etiladi. Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov 5-fevral kuni Olmaotada bo‘lib o‘tgan forumda ma’lum qildi.

Bosh vazirning qayd etishicha, ushbu mablag‘lar hisobiga Toshkent, Buxoro va Qo‘qonda uchta yangi data-markaz ishga tushirilishi, telekommunikatsiyalar tarmoqlari kengaytirilishi hamda mobil aloqa bazalarni modernizatsiya qilish, elektron hukumatni rivojlantirish va IT sohasida kadrlarni tayyorlash ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Hukumat rahbari o‘z chiqishida barcha bolalar bog‘chalarida, tibbiyot muassasalarida va 8000 dan ortiq maktablarda yuqori tezlikdagi internet ta’minlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, bu yil qolgan maktablarni ulashni yakunlash, shuningdek, butun mamlakat bo‘yicha barcha — 10 mingga yaqin mahalla fuqarolar yig‘inlarini internet bilan ta’minlashni rejalashtirilgani qo‘shimcha qilindi.

Abdulla Aripov joriy yilda sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida ham raqamlashtirishni kengaytirish hamda bank sohasidagi transformatsiyani davom ettirish rejalashtirilganini ta’kidladi.

Raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish ham ustuvor vazifalar qatorida. Mamlakatda raqamli xizmatlarga talab sezilarli darajada o‘sgani, elektron to‘lov tizimlari foydalanuvchilari soni 14 million kishidan oshganini qayd etildi.

Raqamli forumda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zo va kuzatuvchi mamlakatlari hukumati rahbarlari qatnashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring