O‘zbekistonda omikronning yangi mutatsiyasi tarqalyapti
O‘zbekistonda dunyo bo‘yicha ommalashayotgan «omikron» shtammining yangi mutatsiyadagi varianti tarqalmoqda. Bu haqda «Rasmiy xabarlar» kanali ma’lum qildi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
Respublika bo‘yicha ro‘yxatga olingan kasalliklarning yoshma-yosh tahlili: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 3-4 foizni, 15-19 yoshdagilar 2-3 foizni, 20-29 yoshdagilar 24-25 foizni, 30-39 yoshdagilar 16-17 foizni, 40-49 yoshdagilar 14-15 foizni, 50-59 yoshdagilar 9-10 foizni, 60 yosh va undan kattalar 16-17 foizni tashkil etmoqda.
Kasallik manbai, jumladan: 35-40 foiz holatda — oiladan, 15-20 foiz holatda — bemor ko‘shnilari yoki qarindoshlaridan, 7-8 foiz holatda — jamoat joylarida, 5-8 foiz holatda — ish joyida yuqtirib olingani aniqlangan.
Ilg‘or texnologiyalar markazida virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarda 67,0 foizida Omicron, va 33,0 foizida omikron shtammining yangi mutatsiyadagi Stealth-Omicron BA.2 varianti topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter