O‘zbekistonda mehnat ta’tili kunlari uzaytirilmoqda
Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ekspertlar guruhi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ko‘rib chiqdi.
Senatorlar tomonidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ishlab chiqishda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar jumladan, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Latviya, Estoniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi hamda MDH davlatlari tajribasi chuqur o‘rganilgani qayd etildi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining maxsus qismi mehnat huquqining ayrim institutlariga bag‘ishlangan va bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqish kabi yangi normalarni o‘z ichiga olgan.
Shuningdek, hujjat bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga avvalgi tartibdagidek 24 kadendar kuni emas, balki yigirma yetti kalendar kun yillik uzaytirilgan ta’til berilishi belgilanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter