Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Koreya tajribasi asosida texnopark barpo etilishi mumkin

O‘zbekistonda Koreya tajribasi asosida texnopark barpo etilishi mumkin

Foto: MUIC matbuot xizmati

«Mirzo Ulugbek Innovation Center» va Koreya texnoparklari uyushmasi hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladilar. Bu haqda MUIC matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat mahalliy bozorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ekotizimlar startapini rivojlantirish sohasida uzoq muddatli strategik hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha taraflarning o‘zaro rejalarini aks ettiradi. MUIC direktori Farhod Ibragimov va Koreya texnoparklari uyushmasi raisi Jeyxun Li ishtirokidagi rasmiy marosim 25-oktyabr kuni Tegu shahrida bo‘lib o‘tdi.

Kelishuvni imzolanishi taraflarga joriy yilning iyul oyida Koreya Respublikasi texnoparklari uyushmasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan qator shartlashuvlarni amalga oshirishga o‘tish imkonini beradi.

Xususan, gap uyushmaning yetakchi ekspertlarini MUIC qoshidagi texnopark konsepsiyasini ishlab chiqish, Toshkentda uni qurish, shuningdek, texnoparkni boshqarish to‘g‘risidagi Nizomni tayyorlashga jalb qilish haqida bormoqda. Koreyalik hamkorlarning texnologik tajribasi g‘oyalarni yuzaga keltiradigan, ularni ishlaydigan, tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlarga aylantiradigan maydoncha va O‘zbekistonda startaplarni rivojlantirish uchun poydevor bo‘ladigan IT-infratuzilmasining universal ob’yektini yaratishga imkon beradi. Texnopark tuzilmasida tadqiqiy laboratoriyalar, R&D-markazlar, kovorkinglar hamda innovatsion ekotizimning boshqa tarkibiy qismlari bo‘lishi nazarda tutilgan.

Foto: MUIC matbuot xizmati

Imzolangan kelishuv shuningdek, MUIC mas’ul xodimlarining Koreya texnoparklarida malaka oshirishi, O‘zbekiston Respublikasining «Texnoparklar to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonunosti hujjatlarini tayyorlashda koreyalik mutaxassislarning ekspertlik ko‘magi rejalarini ham qamrab olgan.

Marosim chog‘ida MUIC direktori Farhod Ibragimov «O‘zbekistonda IT-parklarni rivojlanish istiqbollari» haqida ma’ruza qildi.

MUIC va Koreya Respublikasi texnoparklari uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik ham tajriba almashuvini, ham qo‘shimcha resurslar safarbar etilishini jadallashtiradi. Jumladan MUIC va Gyonbuk texnoparki (Koreya Respublikasi texnoparklari Uyushmasining a’zosi) endi birgalikda «Knowledge Sharing Program» (KSP) dasturida ishtirok etishga ariza topshirdilar, unga ko‘ra MUIC texnoparkini rivojlantirish bo‘yicha har ikkala tarafning birgalikdagi faoliyatiga Koreya Respublikasining hukumati tomonidan qo‘shimcha moliyalashtirish ajratilishi nazarda tutiladi.

Kelishuvning imzolanish payti Koreya Respublikasi texnoparklari uyushmasining 20 yilligini bayram qilinishiga muvofiq belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring