Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda elektromobillarga talab ortmoqda

O‘zbekistonda elektromobillarga talab ortmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar oyida O‘zbekiston 3 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 122 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 70 taga oshgan.

2021 yilning yanvar-noyabr oylarida yurtimizga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 689 ta elektromobil import qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zavtosanoat» Xitoydagi elektromobillar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya — BYD bilan kelishuv imzolagani haqda xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring