O‘zbekistonda «Dolzarb 40 kunlik» boshlandi
Bugundan respublikamizning 14 ta hududida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Dolzarb 40 kunlik» boshlandi. Bu haqda AOKAda Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Ismatulla Do‘smurodov ma’lum qildi.
Ko‘chat ekish va parvarishlash ishlarini ilmiy yondashuv asosida tashkil etish, tabiiy iqlim sharoitiga mos ko‘chatlarni tanlash maqsadida tajribali mutaxassislardan iborat respublika va hududiy ekspertlar guruhlari shakllantirildi.
«Dolzarb 40 kunlik» uchun ko‘chatchilik xo‘jaliklari hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu mavsumda ekiladigan ko‘chatlar zaxirasi yaratildi.
375 km avtomobil yo‘llari bo‘ylariga 422 ming dona manzarali daraxt va butalar hamda 5 mln dona terak qalamchalarini ekishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
«Dolzarb 40 kunlik» kuzgi ko‘chat ekish mavsumi joriy yil 1-dekabrgacha davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter