O‘zbekistonda bolalar o‘limi bo‘yicha xavotirli ma’lumot taqdim etildi
O‘zbekistonda bolalar o‘limi bo‘yicha xavotirli statistika taqdim etildi.
Senat Kengashi majlisida ta’kidlanishicha, 2021-yilda O‘zbekistonda go‘daklar o‘limi 7 214 tani tashkil etgan bo‘lib, 2020-yilga nisbatan 160 taga oshgan.
Bu bo‘yicha mavjud muammolarni bartaraf etish uchun reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishda maktabdan boshlab salomatlik darslari yo‘lga qo‘yish zarurligi aytildi.
Tizimli muammolarni yechib, sohaning mukammal va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida ishchi guruh shakllantirildi hamda o‘rganishlar natijasi bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirib, 1-noyabrga qadar Senat Kengashiga aniq taklif kiritilishi belgilandi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter