«O‘zbekistonda ayolim vaksina olib, o‘lim yoqasida» videosiga rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasida faoliyat olib boruvchi, o‘zini «O‘zbekiston fuqarosiman», deb tanishtirgan fuqaro: «O‘zbekistonda ayolim vaksina olib, o‘lim yoqasida!» deya yo‘llagan video murojaati bo‘yicha Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qildi.
«Ushbu fuqaroning murojaati bo‘yicha Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan, viloyatning barcha shahar va tuman tibbiyot birlashmalarida dastlabki o‘rganishlar olib borilmoqda.
Ayni damda murojaatchining manzili va shaxsi aniq ko‘rsatilmaganligi tufayli telefon orqali murojaat bo‘lganligi tasdiqlanmadi.
Shuningdek, Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi besh oydan beri davom etayotgan vaksinatsiya jarayonida emlangan fuqarolarda biror marotaba jiddiy nojo‘ya ta’sir bo‘lmaganligini ma’lum qiladi.
Boshqarmaga hech bir fuqarodan vaksina sabab nojo‘ya ta’sirlar borasida murojaat kelib tushmagan.
Sizlardan shuni so‘rab qolamizki, mabodo yuqoridagi kabi holatlar kuzatilsa, yashash manzilingiz, o‘zingiz va yaqinlaringiz to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bersangiz, tezkorlik bilan o‘rganib, holat bo‘yicha batafsil ma’lumot beramiz», deyiladi Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter