O‘zbekistonda 2018-yilning birinchi yarmida jami 13 ta jome masjidi qurilgan

O‘zbekistonda 2018-yilning birinchi yarmida jami 13 ta jome masjidi qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda «CA-news.org» xabar bermoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov shu yil 19-iyun kuni Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilgan «Qozog‘iston – O‘zbekiston: diniy aloqalarining yangi bosqichi» mavzusidagi xalqaro forumda O‘zbekistonda shu yilning o‘tgan davri mobaynida 13 ta jome masjidi foydalanishga topshirilganini aytib o‘tdi.
«Faqatgina shu yilning o‘tgan oylari mobaynida Surxondaryo viloyatining o‘zida 7 ta jome masjidi faoliyat boshladi», – degan Usmonxon Alimov.
Xalqaro forumda O‘zbekiston va Qozog‘istondan 600 ga yaqin diniy ulamo qatnashgan. Tadbir doirasida ulamolar tajriba almashib, kasbiy mahoratini yuksaltirish, masjidlarda ish yuritish tartibi haqida fikr almashishgan.
Forum ikki qardosh davlatning diniy hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Avvalroq O‘zbekistonning yirik avtomagistrallari bo‘yida yo‘lovchilar va sayyohlar uchun kichik masjidlar ochish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik.
Bu masjidlarda bir vaqtning o‘zida 20-30 kishi namoz o‘qishi mumkin.
Bundan tashqari, 2017-yili Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida namozxona ochilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter