O‘zbekistonning xorijga konditsioner eksporti oshdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning dastlabki 6 oyida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatga qiymati 6,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan konditsioner eksport qilgan.
Konditsioner eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 mln. AQSh dollariga oshgan.
O‘zbekiston 2021yilning dastlabki 6 oyida konditsioner eksport qilgan davlatlar:
- Ozarbayjon – 3,9 mln.
- Tojikiston – 960,9 ming
- Rossiya – 571,1 ming
- Turkmaniston – 336,2 ming
- Qozog‘iston – 273,5 ming
- Qirg‘iz R. – 243,2 ming
- Moldova – 80,6 ming
- Afg‘oniston – 45,7 ming
- Yaman – 18,3 ming
- Turkiya – 12,5 ming AQSh dollari
2021 yilning dastlabki 6 oyida konditsioner eksport qilgan hududlar:
- Toshkent shahri – 5,7 mln.
- Toshkent viloyati – 796,4 ming
- Andijon viloyati – 0,9 ming AQSh dollari
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter