Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xorijdan ko‘proq kartoshka sotib olishga majbur bo‘lmoqda

O‘zbekiston xorijdan ko‘proq kartoshka sotib olishga majbur bo‘lmoqda

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 16 ta davlatdan qiymati 73,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 478,3 ming tonna kartoshka import qilgan.

Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,5 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:

— Pokiston – 259,1 ming tonna

— Qozog‘iston – 155,1 ming tonna

— Qirg‘iz R. – 30 ming tonna

— Rossiya – 15 ming tonna

— Niderlandiya – 6,4 ming tonna

— Eron – 5,6 ming tonna

2022 yil yanvar-sentyabr oylarida respublikamizda 2,6 mln. tonna kartoshka yetishtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring