Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev vafot etdi

O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev vafot etdi

Fidoyi va jonkuyar ustoz, O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev 63 yoshida vafot etdi.

M.Tojiboyev Farg‘onaning Quva tumanida, dehqon oilasida dunyoga kelgan. Maqom ijrochiligi bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olgan.

Mahmudjon Tojiboyev o‘tgan asrning 80-yillaridan qo‘liga tanbur olib, ustoz Orifxon Hotamov, Fattohxon Mamadaliyevlar izidan borib, xalq e’tiboriga tusha boshladi. U paytlarda yoshlar orasida tanbur chalib, ashula aytish yangilik bo‘lgan.

Konservatoriyani muvaffaqiyatli tugatib, O‘zbekiston radiosi qoshidagi Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambliga ishga kiradi. Shu kezlarda Shashmaqomni «stereo» usulida qayta yozish ishlari boshlangan edi. Mazkur jarayonlarda faol ishtirok etib, ko‘plab maqom sho‘’balarini o‘zi ijro qildi. Ular hozirgacha xalqimiz ko‘nglidan joy egallab, radio va televideniyemiz fonotekasining eng nodir namunalaridan bo‘lib kelmoqda.

Repertuaridan Shashmaqom («Saraxbori Navo», «Saraxbori Dugoh», «Mo‘g‘ulchai Segoh», «Navro‘zi Sabo», «Nimcho‘poniy» va b.) va Farg‘ona—Toshkent maqom yo‘llari («Dugoh», «Chorgoh», «Ushshoq», «Shahnozi Gulyor», «Bayot» va b.), katta ashula («Yovvoyi Chorgoh», «Yolg‘iz», «Ey dilbari jononim» kabi), mumtoz («Topmadim», «Asiriy» va «Ldoiy», «Chorzarb», «Bozurgoniy») va XX asr  bastakorlari («Keldik», «Nazzora qil», K. Jabborov; «Kezarman», F.Toshmatov; «Jonim erursan», M. Murtazoyev; «Dilrabolar», O. Nuriddinov; «Bu oqshom», O. Hotamov va b.) asarlari o‘rin olgan.

«Xabar.uz» ijodiy jamoasi marhumning oila-a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring