Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

Foto:«Kabar.kg»

O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2018-yil 17-avgust) ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi.

Mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 30-noyabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda ma’qullangan edi.

Hujjatda davlatlararo munosabatlarning rivojlanish istiqbollari, xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, ekologiya, madaniy-gumanitar, harbiy-texnikaviy va boshqa sohalarda ikki tomonlama manfaatli munosabatlarning asosiy prinsiplari va ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring