O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi postda tirbandlik kuzatilmoqda
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi «G‘ishtko‘prik» bojxona postida tirbandliklar kuzatilmoqda.
Bojxona qo‘mitasiga ko‘ra, hozirda mazkur yo‘nalishda «Yallama» (O‘zbekiston) – «B.Konisbayev» (Qozog‘iston) chegara bojxona posti tunu kun faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, «Malik» (O‘zbekiston) – «Sirdaryo» (Qozog‘iston), «Oqoltin» (O‘zbekiston) – «Selinniy» (Qozog‘iston) chegara o‘tkazish punktlari orqali esa kunning yorug‘ vaqtida yengil avtotransport vositalarida hamda piyoda holda harakatlanish mumkin.
«G‘ishtko‘prik» (O‘zbekiston) – «Jibek Yo‘li» (Qozog‘iston) chegara bojxona postlari orqali esa piyodalarning harakatlanishlari tavsiya qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter