Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston — Turkiya: 24 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston — Turkiya: 24 ta hujjat imzolandi

Foto: «President.uz»

Ko‘ksaroyda o‘tgan samarali muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjat imzolandi.

Bundan tashqari, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston – Turkiya biznes-forumida 50 dan ortiq yangi investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring