O‘zbekiston SpaceX bilan muzokara boshladi
Bugun Toshkentda «Fazo texnologiyalari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati» mavzusida «Fazo texnologiyalari anjumani» (Space Technology Conference) boshlandi.
Tadbirga Amerikaning SpaceX kompaniyasi ham kelgan va ular «O‘zbekkosmos» agentligi bilan muzokaralar olib borgan. Tomonlar Starlink yuqori tezlikdagi sun’iy yo‘ldosh internetini O‘zbekistonga olib kirish masalalarini ko‘rib chiqishgan.
Eslatib o‘tish kerak, «O‘zbekkosmos» agentligi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Starlink bo‘yicha amaliy ishlarni allaqachon boshlab yuborgan edi.
Yaqinda O‘zbekiston osmonida Starlink raketalariga o‘xshash jismlar bir qator bo‘lib tizilib uchib yurgani aks etgan videolar ham tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter